Search the Web
sen...men

sen ...men

Menchi, sening armoning...

April 27, 2008

Menchi, sening armoning...

Sen mening bir tushimsan, soniyada tugagan.
Yuragim ko'z yoshisan, kiprigimdan uzilgan.
Darz ketgan bardoshimsan, yulduzlarga dil ochgan.
Men-chi, sening armoning. Og'rigan yurak dog'ing...

Sen mening bir nolamsan, osmonlarga ketmagan.
Qaqshagan dil poramsan, murodiga yetmagan.
Titragan gul-lolamsan, dalalarga sig'magan
Men sening shamollarda to'kilgan qizg'aldog'ing...

Tags: armon-yulduz-nola-


Posted at: 01:30 PM | 1 Comment | Add Comment | Permalink

Yomg'ir!

March 8, 2008

Yomgir! Ko'z yoshlarim yuvib ket!
Yana taqdirimga ishonay...
Shamol! Armonlarim olib ket!
Qayg'u bilmay, dardim unutay...

Osmon! Menga qanot had'ya qil!
Ko'm-ko'k osmonda parvoz etay...
Yulduz! Nurlaringga to'lsin dil!
Osmon qa'riga uchib ketay...

Quyosh! Menga yorug'liging ber!
Sevgim la dunyoni yoritay...
Ikkimizga torlik qildi er...
Tor dunyoda bir o'zim netay?

Osmon! Meni bag'ringga chorla!
Men ham kichik yulduzing bo'lay...
Sevgim! Meni o'zingga bog'la!
Osmondagi timsoling bo'lay...

Yomg'ir! Ko'z yoshlarim yuvib ket!
Orzularimga yetib, o'lay...

Tags: yomgir


Posted at: 03:01 PM | 2 Comments | Add Comment | Permalink

Ketavergin

December 23, 2007

Ketavergin,
Ortingan o'ksib
ergashadi kunlarim besar
Ko'zlaringga yulduzlar cho'ksin,
Oyog'ingga yiqilsin barglar.

Ketavergin,
Kechaday qaro,
kunday yorug' qosh, qaroqlarni
ardoqlasin sadoqat, mehri
mendan ko'ra yaxshiroqlarning.

Ketavergin,
o'sha shahringga,
Yig'lama,art ko'z yoshlarini.
Men o'zimga tilayman endi
Tog'larimning bardoshlarini.

Tags: ketavergin-sadoqat


Posted at: 03:22 PM | 3 Comments | Add Comment | Permalink

Tobutimni ko'tarar qizlar

December 1, 2007

O'layapman - ranjimang tag'in,
Qololmayman bu yerda sobit.
Atirgulning shoxchalaridan
Yasaganman o'zimga tobut.

Jar soladi mushfiqim - sabo,
Chorlayverar do'stu g'animni.
Mehmon bo'lgan Azroil bobo
Shabnam bilan yuvar tanimni.

Hayotimni muqaddas bilib,
Urfu-rusum qilurlar ul-bul.
She'rlarimni tilovat qilib,
Janozamni o'qiydi bulbul.

Yaproqchalar soladi uvvos,
O'ksimasin maysalar nega?!
Ko'milaman eng toza, eng soz,
Eng chiroyli gulning tagiga.

Ko'm-ko'k rangga kiradi jonib,
Chayqaladi zil-zambil hislar.
Yuragimni alvonday yopib,
Tobutimni ko'tarar qizlar!

Tags: tobut-hayot-


Posted at: 12:20 PM | 2 Comments | Add Comment | Permalink

Tavallud olumun bashlanishidir...

December 1, 2007

Eyniyati olan har bir yaratiq , yaranishdan bashlayaraq,yoxluga harakat edir va bu yashamin qanunu olaraq qabul edilmishdir.Bu heqiqeti hammi bilir ve ebedileshmeyin yollarin axtarir.Dogrudanda ebedileshmek mumkunmu?

Eger biraz fikirlaeshsek ozlerin ebedileshtiren insanlar az olmamishtir dunyada .Chunki dunyadaki me`nevi varliqlar qalarqi va hamishalikdir.Sevgi,Mahabbat,yaxshiliq ve ...

Siz nece dushunursunuz bu barede? Ozuzu ebedileshtirmeyi hech dushunmusuz?

Lutfen fikirlerizi yazin...

Tags: ebedi-yasham


Posted at: 11:40 AM | Permalink

Posts by Date

Recent Posts

Archives